0%
26-dars

Intervyu tayyorgarlik

20 ta real texnik savol. Pro javoblar. Mock interview. Xato va to'g'ri javob taqqoslamalari. Bu dars โ€” birinchi ishingiz uchun.

80 daqiqa
20 ta Mock savol
5 ta interaktiv

Intervyuga qanday tayyorlanish kerak?

Intervyu โ€” imtihon emas, suhbat. Recruiter siz haqingizda bilib olmoqchi. Bilimingizni aniq va ishonchli ifoda eta olsangiz โ€” yutasiz.

๐Ÿ“š

1-hafta oldin

Asosiy tushunchalarni takrorla. Mock Interview o'tka.

๐Ÿ’ผ

2-kun oldin

GitHub, LinkedIn, CV'ni tekshir. Portfolio ishlayaptimi?

๐Ÿ—ฃ๏ธ

1-kun oldin

Javoblarni ovoz chiqarib mashq qil. Vaqtni o'lcha.

๐ŸŒ…

Kuni

CV + portfolio havola, kompaniyani o'rgan, tinch bo'l.

Asosiy qoida

Bilmasangiz โ€” ayt! "Bilmayman, lekin o'rgangan bo'lardim" yaxshi javob. Noto'g'ri javob berish โ€” yomon. Recruiter dushman emas, u siz uchun eng to'g'ri nomzodmi deb bilmoqchi.

Intervyuda nimalar so'raladi?

๐ŸŽค Mock Interview

20 ta real intervyu savoli

Javobingizni yozing โ†’ "Pro javobni ko'rish" โ†’ O'zingiznikini solishtiring. Har savol โ€” real intervyuda so'raladigan savol.

1 / 20
Savol 1 / 20
โœ… Pro javob
๐Ÿ†
Mock interview tugadi!

20 ta savol ko'rib chiqdingiz. Noaniq javoblaringizni qayta o'qing va amalda mashq qiling.

Xato va to'g'ri javoblar

Amalda ko'p nomzod bir xil xato qiladi. Har mavzuni ko'ring โ€” farqni his eting.

Savol: "Bug nima? Misollar bilan tushuntiring."

โŒ Xato javob
"Bug โ€” dasturlarda bo'ladigan xato."
Muammo: juda qisqa, misol yo'q, professional emas.
โœ… Pro javob
"Bug โ€” dasturning kutilgan va haqiqiy xulq-atvori o'rtasidagi farq. Masalan: TestShop'da login qilganda to'g'ri parol bilan ham 'Noto'g'ri parol' xatosi chiqsa โ€” bu bug. Expected: muvaffaqiyatli kirish. Actual: xato xabari."

Savol: "Test case yozish qanday amalga oshiriladi?"

โŒ Xato javob
"Test case โ€” test qilinayotgan narsa. Men yozaman."
Muammo: Test case tarkibi yo'q, qanday yozilishini bilmaydigandek.
โœ… Pro javob
"Test case โ€” qanday sinovni o'tkazishni aniq tasvirlovchi hujjat. Asosiy qismlari: ID, Title, Precondition, Steps, Expected Result, Actual Result, Status. Masalan, Login funksiyasi uchun: to'g'ri email+parol โ†’ Dashboard ochilishi kerak."

Savol: "HTTP 401 va 403 farqi nima?"

โŒ Xato javob
"401 va 403 ikkalasi ham xato. Aniq bilmayman."
Muammo: API testing bilmaydi taassurot qoldiradi.
โœ… Pro javob
"401 Unauthorized โ€” foydalanuvchi autentifikatsiya qilinmagan, ya'ni login qilmagan yoki token yo'q. 403 Forbidden โ€” autentifikatsiya bor, lekin ruxsat yo'q. Masalan: oddiy foydalanuvchi admin panelga kirmoqchi โ€” 403."

Savol: "Automation testing tajribangiz bormi?"

โŒ Xato javob
"Men hali automation bilmayman, o'rganmoqchiman."
Muammo: Portfolio bor holda bu javob โ€” zaiflik.
โœ… Pro javob
"Ha! Python + Playwright + Pytest bilan TestShop loyihasida 15 ta automation testi yozdim. POM pattern ishlatdim โ€” LoginPage, ProductPage, CartPage. Testlar 100% PASSED. GitHub'da ko'rishingiz mumkin."

Savol: "Real loyihada ishlaganmisiz?"

โŒ Xato javob
"Yo'q, tajribam yo'q. Faqat kurs o'tdim."
Muammo: O'z qiymatini past ko'rsatish โ€” recruiter ham shundoq qabul qiladi.
โœ… Pro javob
"Kurs loyihasida qo'l kirdim โ€” TestShop e-commerce saytini to'liq test qildim. 50+ test case, 20+ bug report, automation framework, API va performance testlari. Real loyihaga o'xshash to'liq tsikl โ€” GitHub'da bor."
๐ŸŽฌ Haqiqiy stsenariy
Click'da texnik intervyu

10:00. Click HQ. Texnik intervyu โ€” QA Lead Sardor aka bilan. U sizga hujjat uzatdi: "Mana TestShop login sahifasining mock-up'i. 5 ta test case yozing. 5 daqiqa."

Login sahifasi: Email field, Password field, "Kirish" tugmasi, "Parolni unutdim?" link.

Siz hozir nima yozasiz?

Eng professional yondashuv qaysi?
โšก Tezkor tekshiruv
Intervyuda so'raladigan savolni bilmadingiz. Nima qilasiz?

Tez-tez so'raladigan savollar

Intervyuda albatta so'raladigan 15 ta savol va qisqa pro javoblar. Bosib ko'ring.

Bug va Error farqi nima? +
Bug โ€” dastur kutilganidan boshqa ishlayotganda (test topadi). Error โ€” ishga tushirishni to'sqinlovchi xato (sintaksis, runtime). Bug โ€” funksional muammo, Error โ€” texnik muammo.
Smoke va Sanity testing farqi? +
Smoke โ€” yangi build'ning asosiy funksiyalari ishlayaptimi? (Keng, sayoz). Sanity โ€” bug fix'dan keyin faqat o'sha modul to'g'rilandimikin? (Tor, chuqur).
Severity va Priority farqi? +
Severity โ€” bug dasturga qanchalik zarar yetkazadi (texnik ta'sir). Priority โ€” tuzatish qanchalik tez kerak (biznes muhimligi). Misol: Sarlavhadagi imlo xatosi โ€” Severity Low, lekin Priority High (bosh sahifada ko'rinadi).
Black box va White box testing? +
Black box โ€” ichki kodni bilmasdan test qilish. Foydalanuvchi ko'zi bilan. QA asosan shu. White box โ€” kod ko'rinadi, ichki mantiqni test qilish. Dasturchi qiladi.
Regression testing nima? +
Yangi o'zgartirish eski funksiyalarni buzmadimi? โ€” tekshirish. Har yangi release'dan oldin eski funksiyalar qayta test qilinadi. Automation uchun ideal.
Agile va Scrum nima? +
Agile โ€” iterativ rivojlantirish metodologiyasi. Qisqa tsikllar, moslashuvchanlik. Scrum โ€” Agile'ning bir framework'i. Sprint (1-2 hafta), Daily standup, Sprint review. QA Sprint davomida test qiladi.
SDLC va STLC nima? +
SDLC โ€” Software Development Life Cycle: Talablar โ†’ Dizayn โ†’ Rivojlantirish โ†’ Test โ†’ Deploy โ†’ Qo'llab-quvvatlash. STLC โ€” Software Testing Life Cycle: Talablarni tahlil โ†’ Test rejasi โ†’ Test case โ†’ Test muhit โ†’ Test bajarish โ†’ Test yopish.
POM nima va nima uchun kerak? +
Page Object Model โ€” har sahifa uchun alohida class. Locatorlar va metodlar shu classda. Afzalligi: locator o'zgansa โ€” 1 joyda o'zgartirish yetarli, test kodi toza va tushunarli.
GET va POST farqi? +
GET โ€” ma'lumot olish, URL'da ko'rinadi, xavfsiz. POST โ€” ma'lumot yaratish, body'da yuboriladi, URL'da ko'rinmaydi. GET โ€” o'qish, POST โ€” yozish.
p95 nimani anglatadi? +
p95 = 1.8s degani: 100 ta so'rovdan 95 tasi 1.8 sekunddan tez bajarildi. Faqat 5 tasi sekinroq. O'rtacha aldashi mumkin โ€” p95/p99 haqiqiy holat.
Test Pyramid nima? +
Automation strategiyasi: Unit 70% (tez, ko'p), API 20% (o'rta), UI/E2E 10% (sekin, kam). Ko'p tez testlar + oz sekin testlar = ishonchli va samarali.
Boundary Value Analysis nima? +
Chegaraviy qiymatlarni test qilish. Misol: yosh 18-65 oralig'ida qabul qilinadi โ†’ 17, 18, 65, 66 test qilinadi. Chegarada ko'proq bug bo'ladi.
Exploratory testing nima? +
Oldindan yozilgan test case'siz, erkin tekshirish. QA o'zi fikrlaydi, sinaydi, yangi yo'llar izlaydi. Yangi funksiya yoki vaqt kam bo'lganda yaxshi. Tajriba va intuitsiya muhim.
Defect Life Cycle nima? +
Bug'ning hayot tsikli: New โ†’ Assigned โ†’ Open โ†’ Fixed โ†’ Retest โ†’ Closed (yoki Reopened). QA New qiladi, dasturchi Fix qiladi, QA Retest qiladi va Close yoki Reopen qiladi.
Equivalent Partitioning nima? +
Kiritish qiymatlarini guruhlarga bo'lish โ€” har guruhdan 1 ta test yetarli. Yosh field: 0-17 (yaroqsiz), 18-65 (yaroqli), 66+ (yaroqsiz). Har guruhdan 1 ta test qilish โ€” hammani tekshirgandek.

Intervyu kuniga tayyorgarlik

Kuni uchun cheklista
  • Kompaniyani o'rganing โ€” nima qilishadi, qanday mahsulot, texnologiya stack
  • CV yangilangan โ€” GitHub link ishlayapti, LinkedIn to'liq
  • Portfolio ishlayapti โ€” GitHub repoilar ochiq, README bor
  • Savollar tayyorlang โ€” "Jamoa qancha? Test strategyasi qanday? Onboarding?"
  • Vaqt โ€” 15 daqiqa oldin online bo'ling (remote) yoki yeting (office)
  • Qurilma โ€” internet yaxshi, mikrofon ishlayapti, fon toza

Siz ham savollar berishingiz kerak!

Intervyu oxirida "Savollaringiz bormi?" deyishadi. Bu โ€” muhim. Javob: "Ha, bor!"

Savol berish โ€” kuchlilik belgisi

Savol bermaslik โ€” "Bu ish menga muhim emas" deyish. 2-3 ta savol โ€” eng optimal. Kompaniyaga qiziqasiz va professional ekanligingizni ko'rsatadi.

3 ta asosiy fikr

Bu darsdan eslab qolishingiz kerak bo'lgan eng muhim g'oyalar

01
Misollar bilan javob
Har javobda โ€” TestShop misoli. "Bug nima? โ€” TestShop login'ida..." Abstrakt emas, konkret. Recruiter tekshira oladi.
02
Bilmasang โ€” ayt
"Bilmayman, lekin o'rganishga tayyorman" โ€” halol va kuchli javob. Noto'g'ri gapirish โ€” yomon. Halollik โ€” ishonch.
03
Siz ham savol bering
2-3 ta savol tayyorlang. Jamoa, onboarding, asboblar. Savol berish โ€” qiziqasiz va professionalligingizni ko'rsatadi.
๐Ÿ† Darsni muvaffaqiyatli tugatdingiz!