Har sahifada bir nechta bug mavjud. Har joyga boring, har tugmani bosing, har formani to'ldiring.
🏆 Ajoyib! Siz haqiqiy testor!
Barcha 30+ ta bug'ni topdingiz. Bu sizning QA qobiliyatlaringizni ko'rsatadi.
Endi har bug uchun professional bug report yozishga o'ting (27-darsda ko'ramiz).
🐛 Topish kerak bo'lgan bug'lar
Quyidagi ro'yxatda 30+ ta bug bor. Har birini topib, bosing — progress bar to'ladi. Hint kerak bo'lsa, tugmani bosing.
✓
Bosh sahifada manfiy narxli mahsulot bor
📍 index.html → mahsulotlar ro'yxati
Major
Ko'rsatma: Mahsulotlar ro'yxatini diqqat bilan ko'ring. Narxlarga e'tibor bering — kimdir minus narxda sotayaptimi?
✓
Narxi 0 so'm bo'lgan mahsulot qo'shish mumkin
📍 index.html → PlayStation 5
Major
Ko'rsatma: Mahsulotlarni diqqat bilan tekshiring — hamma narxlar mantiqiy ko'rinyaptimi?
✓
Mahsulot rasmi yuklanmagan (broken image)
📍 index.html → Samsung Galaxy S24
Minor
Ko'rsatma: Mahsulotlardan birining rasmi o'rniga "Rasm yuklanmadi" xabari bor.
✓
iPad Pro "Savatga qo'shish" tugmasi ishlamaydi
📍 index.html → iPad Pro 12.9"
Major
Ko'rsatma: Har mahsulotning "Savatga qo'shish" tugmasini bosing va savatni tekshiring. Kim ishlayapti, kim yo'q?
✓
Ro'yxatdan o'tishda bo'sh maydonlar qabul qilinadi
📍 register.html → forma validatsiyasi
Critical
Ko'rsatma: Ro'yxatdan o'tish sahifasiga boring, hech narsa kiritmay "Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosing.
✓
Email va "Email qayta kiriting" mos kelmasa ham qabul qiladi
📍 register.html → email maydonlari
Major
Ko'rsatma: Ro'yxat formasida email'ni ikki marta kiritish kerak. Ikki xil email yozing va yuboring — nima bo'ladi?
✓
Kelajakdagi tug'ilgan sana qabul qilinadi (2050-yil)
📍 register.html → tug'ilgan sana
Minor
Ko'rsatma: Tug'ilgan sana maydoniga 2050-yilni kiriting. Boundary Value testing.
✓
Login sahifasida SQL injection ishlaydi
📍 login.html → login maydoni
Critical
Ko'rsatma: Login maydoniga ' OR 1=1 -- yozib ko'ring. Bu mashhur SQL injection urinishi.
✓
Error xabarlari inglizcha (qolgan sayt o'zbekcha)
📍 login.html → xato xabarlari
Trivial
Ko'rsatma: Login sahifasida bo'sh formani yuboring va chiqgan xato matnini o'qing.
✓
"Parolni unutdim" tugmasi ishlamaydi
📍 login.html → parolni tiklash
Minor
Ko'rsatma: Login sahifasida parol maydoni ostida "Parolni unutdingizmi?" havolasi bor. Uni bosing va nima bo'lishini kuzating.
✓
Oziq-ovqat kategoriya filteri ishlamaydi (active holat o'zgarmaydi)
📍 index.html → kategoriya filterlari
Minor
Ko'rsatma: Barcha kategoriya tugmalarini bosing. Biri ishlaydi, biri ishlamaydi — qaysi biri?
✓
Savatchada miqdor o'zgarganda umumiy narx yangilanmaydi
📍 cart.html → miqdor tugmalari
Critical
Ko'rsatma: Savatcha sahifasiga boring. "+" tugmasini bosib miqdorni oshiring — jami narx o'zgaradimi?
✓
Savatdan mahsulotni o'chirish tugmasi ishlaydi faqat ko'rinishda
📍 cart.html → O'chirish tugmasi
Major
Ko'rsatma: "🗑 O'chirish" tugmasini bosing — mahsulot yo'qoladimi yoki faqat tugma matni o'zgaradimi?
✓
Istalgan promo kod 10% chegirma beradi
📍 cart.html → promo kod maydoni
Major
Ko'rsatma: Promo kod maydoniga "ABCD123" yoki "XXXXXXXXXXX" yozing va "Qo'llash" ni bosing.
✓
To'lov formasida karta raqami harflarni qabul qiladi
📍 payment.html → karta raqami maydoni
Critical
Ko'rsatma: Karta raqami maydoniga "ABCD EFGH IJKL MNOP" yozing — qabul qiladimi?
✓
O'tgan muddatli karta (01/20) to'lovda qabul qilinadi
📍 payment.html → amal qilish muddati
Critical
Ko'rsatma: Muddati maydonga "01/20" (o'tib ketgan) yozing va to'lovni amalga oshiring.
✓
Parolni tiklashda email formati tekshirilmaydi
📍 forgot-password.html → email maydoni
Major
Ko'rsatma: Email maydoniga "bu_email_emas" yozing va "Yuborish" ni bosing.
✓
Buyurtma raqamiga harf kiritsa ham "topildi" deydi
📍 order-tracking.html → buyurtma raqami
Major
Ko'rsatma: Buyurtma raqami maydoniga "ABC" yozing va "Kuzatish" ni bosing.
✓
500 sahifasida retry tugmasi xuddi shu xatoni ko'rsatadi
📍 500.html → Qayta urinish tugmasi
Major
Ko'rsatma: 500 sahifasiga boring. "🔄 Qayta urinish" tugmasini bosing — nima bo'ladi?
✓
Hisob sozlamalarida eski parol tekshirilmaydi
📍 account-settings.html → Xavfsizlik tab
Critical
Ko'rsatma: Xavfsizlik tabiga o'ting. "Joriy parol" maydoniga noto'g'ri parol yozing — yangi parol saqlanadimi?
✓
500 sahifasida xato kodi "ERR-505" ko'rsatilgan (500 emas)
📍 500.html → Error ID
Minor
Ko'rsatma: 500 sahifasida pastki qismda "Error ID" ni diqqat bilan o'qing.