POM/Pytest, Performance, Mobile, Portfolio, CV, Intervyu va Real loyiha — kursning yakuniy 8 darsi.
Har darsdan eng muhim 3–4 fikr.
POM (Page Object Model) — har sahifa uchun alohida Python class. LoginPage, ProductPage, CartPage. Locator o'zgansa — faqat 1 joyda tuzatiladi. Pytest — Python test framework. Fixture — har testdan oldin bajariladigan tayyorgarlik. conftest.py — umumiy fixture'lar fayli.
Test turlari: Load (kutilgan yuklama), Stress (chegara topish), Spike (to'satdan ko'p user), Soak (uzoq vaqt). JMeter asoslari: Thread Group (virtual users), HTTP Sampler (so'rov), Listener (natija). Metrikalar: Response Time, Throughput, Error Rate. p95 — 100 so'rovdan 95 tasi shu vaqtdan tez.
Android — ko'p qurilma, fragmentatsiya, APK. iOS — faqat Apple, IPA/TestFlight. Interrupt testing — qo'ng'iroq/SMS kelganda ilova reaksiyasi. Network testing — Wi-Fi → 4G o'tish. Emulator — tez va arzon (dastlabki test). Real qurilma — GPS, kamera, yakuniy test uchun.
GitHub — bio (kalit so'zlar), 4-5 ta pinned repo, har birida README. LinkedIn — sarlavha (Junior QA | Selenium | Playwright), Skills (10+), Projects (TestShop + GitHub link). Portfolio tarkibi: Bug reportlar, Test caselar, Postman collection, Automation skriptlar. README — recruiter kod emas, README o'qiydi.
ATS (Applicant Tracking System) — kompaniyalar CV'larni avtomatik saralaydi. Kalit so'zlar bo'lmasa recruiterga yetmaydi. Qoidalar: 1 sahifa, PDF, raqamlar ("50+ test case"), kalit so'zlar (Selenium, Postman, Jira). Projects bo'limi — tajribasiz Junior uchun eng muhim. Har ish uchun CV'ni moslashtirib yuboring.
Texnik savollar: Bug nima, Severity vs Priority, BVA, HTTP metodlar, Selenium vs Playwright, POM. Har javobda — TestShop misoli. Bilmasangiz: "Bilmayman, lekin o'rganishga tayyorman" — halol va kuchli javob. Savol bering: Jamoa, asboblar, onboarding — intervyu oxirida 2-3 ta savol.
1-kun: onboarding, asboblar, savol bering. 1-hafta: mahsulotni o'rganish, daily standup'da qatnashish. 1-oy: mustaqil test caselar, bug reportlar. Daily standup: Kecha / Bugun / To'siq — 3 ta qism. Bug topganda: Jira'da yozib, dasturchiga Slack'da xabar. Halol bo'ling — "hammasi yaxshi" deyish xavfli.
Junior: Manual test, bug report, test case, QA Lead rahbarligida. Middle: Mustaqil automation, CI/CD, test strategiyasi, Junior'larga mentor. O'sish uchun: Ish tajribasi (6-18 oy) + ISTQB CTFL sertifikat + Automation kuchaytirish. Eng muhim qadam — birinchi ishni topish. Portfolio va CV tayyor — endi harakat!
Bosing — ta'rif ochiladi. Barcha kartochkani oching!
21–28 darslar bo'yicha. Kursning yakuniy tekshiruvi!