QA asoslari, SDLC, Bug, Test Case, Testing turlari — 10 darsning eng muhim ma'lumotlari qisqa va sodda.
Har darsdan eng muhim 3–4 fikr. Tez o'qing, eslab qoling.
QA — mahsulot sifatini ta'minlash jarayoni. QA faqat bug topish emas — sifatni butun jarayonda nazorat qilish. QC (Quality Control) — mahsulotni tekshirish. QA (Quality Assurance) — jarayonni yaxshilash. Testing — QA'ning bir qismi.
Bug = dastur kutilganidan boshqacha ishlaydi. Error — dasturchi xatosi (sabab). Bug/Defect — koda kirib qolgan xato (natija). Failure — foydalanuvchi duch keladigan muammo (ta'sir). Test — kutilgan va haqiqiy natijani taqqoslash.
SDLC (Software Development Life Cycle): Talablar → Dizayn → Ishlab chiqish → Test → Nashr → Qo'llab-quvvatlash. STLC (Software Testing Life Cycle): Talablarni tahlil → Test rejasi → Test case → Test muhit → Bajarish → Yopish. STLC — SDLC ichida Testing bosqichida.
Bug hayot tsikli: New → Assigned → Open → Fixed → Retest → Closed (yoki Reopen). Testware — testing uchun yaratilgan hujjatlar: test plan, test case, test data, bug report. QA bug topadi — dasturchi tuzatadi — QA retest qiladi.
Rollar: QA Engineer (test), Developer (kod), PM (boshqaruv), BA (tahlil), DevOps (muhit). Traceability Matrix — talablar va test caselarni bog'lovchi jadval. Har talabga mos test case bormi? — shu savol javobini beradi.
Waterfall — bir yo'nalishda (oldin dizayn, keyin test). Agile — qisqa sprintlar, moslashuvchan. Scrum — Agile'ning bir turi: sprint, daily standup, retrospective. Kanban — vizual boshqaruv taxtasi. QA har qanday metodologiyada ishlashi mumkin.
Shift Left — testni jarayonning ilk bosqichlariga siljitish. Talablarni dastlab tekshirish — erta topilgan bug arzonroq tuzatiladi. Shift Right — real muhitda (production) test. A/B testing, monitoring. Ikkalasi birgalikda — zamonaviy QA yondashuvi.
1. Testing bug borligini ko'rsatadi (yo'qligini emas). 2. To'liq test qilish imkonsiz. 3. Erta test qilish. 4. Buglar to'planadi (20/80 qoidasi). 5. Pestitsid paradoksi — bir xil testlar yangi bug topa olmaydi. 6. Test kontekstga bog'liq. 7. Xatosiz tizim yanglish taxmin.
Unit testing — bitta funksiya/modul (dasturchi). Integration testing — modullar birgalikda (QA/dev). System testing — to'liq tizim (QA). Acceptance testing — mijoz talablariga javob beradimi? (UAT). Har daraja o'z maqsadiga ega.
Functional — funksiya to'g'ri ishlayaptimi. Non-functional — performance, security, usability. Smoke — asosiy funksiyalar tez tekshirish. Regression — eski funksiyalar buzilmadimikin. Confirmation (Retest) — tuzatilgan bug qayta tekshirish. Maintenance — o'zgarishdan keyin test.
Har kartochkani bosing — ta'rif ochiladi. Barcha kartochkani ochib ko'ring!
1–10 darslar bo'yicha. Har savol — bitta muhim tushuncha.