Functional Testing
"NIMA qiladi?" โ sayt/ilovaning vazifasini tekshirish
Non-Functional Testing
"QANDAY qiladi?" โ tezlik, xavfsizlik, qulaylik
Functional va Non-Functional testing. Performance, Security, Usability. Black Box, White Box, Gray Box. Barchasi oddiy misollar bilan.
Avvalgi darsda test darajalarini ko'rdik (Component, Integration, System, Acceptance). Endi boshqa savol โ nimani test qilamiz?
Ko'pchilik o'ylaydi: "Testor faqat tugmalar ishlayaptimi tekshiradi". Aslida juda ko'p narsa test qilinadi โ sayt qanchalik tez ochiladi, xavfsizmi, foydalanuvchi uchun qulaymi, turli brauzerlarda ishlaydimi.
Bu darsda siz test turlari tushunchasini o'rganasiz va intervyuda "Performance va Security testing farqi nima?" degan savolga aniq javob bera olasiz.
Barcha test turlari 2 ta katta guruhga bo'linadi:
"NIMA qiladi?" โ sayt/ilovaning vazifasini tekshirish
"QANDAY qiladi?" โ tezlik, xavfsizlik, qulaylik
Functional Testing (Funksional Testlash) โ sayt yoki ilova o'z vazifasini to'g'ri bajarayaptimi tekshirish.
Oddiy qilib: "Tugma bosilganda mahsulot savatga qo'shiladimi?", "Login qilganda Dashboard ochiladimi?" degan savollarga javob.
Functional testing โ bu testorning kundalik ishi. Siz test case yozganda, ssenariy bajarayotganda, bug topganda โ bu odatda Functional testing.
Non-Functional Testing (Nofunksional Testlash) โ sayt o'z vazifasini QANCHALIK yaxshi bajarayaptimi tekshirish.
Oddiy qilib: "Sayt tezmi?", "Xavfsizmi?", "Qulaymi?", "Turli qurilmalarda ishlaydimi?" kabi savollar.
Non-Functional testing bir nechta turga bo'linadi. 4 ta asosiysini ko'rib chiqamiz.
' OR 1=1-- yozib ko'ring โ agar kirgiza olsa, bu xavfsizlik bugi!
Chap tomonda test turini tanlang, o'ng tomondan mos misolni toping.
Test turlari uchun yana bir klassifikatsiya bor โ testor kodni qanchalik biladi? degan savolga qarab.
if va else shartini alohida sinab ko'radi.
Junior QA asosan Black Box. Middle QA Black + Gray Box (API testing). Senior QA esa uchalasini ham ishlatishi mumkin. Dasturchilar esa White Boxda ustalar.
Har bir test turi uchun to'g'ri tavsifni sudrab qo'ying.
1-qadam: Pastdagi bug kartochkasini bosing. 2-qadam: Mos keladigan test turi tugmasini bosing.
Juma, 23 noyabr, soat 00:00. Click Black Friday aksiyasini boshladi. Chegirmalar 70% gacha! Barcha foydalanuvchilar bir vaqtda saytga kirib, to'lovlar qilishmoqchi.
Natija: Sayt 30 soniyada ochildi. Ba'zi to'lovlar "xatolik" xabarini berdi. Ko'p foydalanuvchilar norozi bo'lishdi.
Savol: Bu muammoni oldini olish uchun qaysi test turi kerak edi?
Endi nazariyani amaliyotda sinab ko'ramiz. TestShop uchun 4 xil test turida ish bajarasiz.
Functional, Security, Usability va Compatibility test qilib ko'ring.
๐ TestShop'ga o'tish' OR 1=1-- SQL injection kod kiritib ko'ring. Ishlaydimi? Kirgizadi yoki yo'q? Natijani hujjatlang.4 xil test turida bajarilgan ishni bir hisobotga yig'ing (Google Docs). Intervyu'da: "Men 4 xil test turida tajribam bor โ functional, security, usability, compatibility" deb ayta olasiz. Bu Junior uchun katta afzallik.
Test turlari โ intervyu'da eng ko'p so'raladigan mavzulardan. 8 ta muhim savolga professional javoblarni o'rganing.
๐ก Har savol ustiga bosing โ professional javobni ko'rasiz.
Javob:
Misol: "Login ishlayaptimi?" โ Functional. "Login 1 soniyada ochiladimi?" โ Non-Functional (Performance).
Pro javob: "Men asosan Functional testing bilan shug'ullanaman (80% vaqt), lekin Security va Usability test'larda ham qatnashaman."
Javob: "Performance Testing โ umumiy atama. Uning ichida 3 turi bor:"
Pro javob: "Black Friday kabi katta yuk oldidan Load Testing qilamiz โ real yuk bilan sinab ko'ramiz. Stress bilan esa chegaralarni topamiz."
Javob:
Qachon qaysi biri?
Muhim: "Men Junior QA sifatida asosan Black Box ishlayman, chunki dasturchilik bilimim chuqur emas."
Javob: "Security testing โ saytning xavfsizligini tekshirish. Asosiy 4 yo'nalish:"
' OR 1=1--). Ma'lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirishga urinish.Asboblar: OWASP ZAP, Burp Suite. Lekin bu asosan Security Specialistning ishi. Junior QA faqat asosiy tekshiruvlarni qiladi.
Javob: "Usability testing โ sayt qanchalik qulay ekanligini tekshirish."
Usullar:
Nima tekshiriladi:
Javob: "Compatibility testing โ sayt turli muhitlarda ishlayaptimi tekshirish."
5 ta asosiy yo'nalish:
Asboblar: BrowserStack, LambdaTest โ cloud orqali 100+ brauzerda test qila olasiz.
Pro javob: "Real misol โ Chrome'da chiroyli ishlaydi, lekin Safari'da tugmalar joyidan chiqib ketgan. Bu Compatibility bug."
Javob shabloni (halol): "Men Junior QA sifatida asosan quyidagi test turlarida ishlaganman:"
Muhim: Halol javob bering. "Men hamma narsani bilaman" โ yolg'on deb tushuniladi. Aniq nimani bilishingizni va o'rganayotganingizni ayting.
Javob: "Uzum, Click kabi katta e-commerce saytlarida 5 ta test turi muhim:"
Muhim xulosa: "Katta e-commerce sayt uchun to'liq test strategiya kerak โ faqat Functional yetarli emas. Har bir test turini inobatga olish muhim."
Bu darsdan eslab qolishingiz kerak bo'lgan eng muhim g'oyalar