0%
5-dars

Jamoadagi rollar va Traceability

IT jamoasida kim qanday vazifani bajaradi? Testor qaysi odamlar bilan muloqotda bo'ladi? Traceability matrix nima uchun kerak?

75 daqiqa
Jamoa va karyera
5 ta interaktiv topshiriq

Siz yolg'iz ishlamaysiz

Ko'pchilik QA'ga kirganda o'ylaydi: "Men faqat dasturni sinayman, bug topaman, shu!" Aslida esa testor juda ko'p odamlar bilan muloqotda bo'ladi.

Bir kunda siz: Product Owner'dan talablarni so'raysiz, Developer bilan bug muhokama qilasiz, Designer bilan UX haqida gaplashasiz, DevOps bilan test muhiti haqida kelishasiz. Har biri bilan qanday tilda gaplashishni bilish โ€” professional QA belgisi.

Bu darsda ikki narsani ko'ramiz: jamoa a'zolari kim va ular orasidagi aloqani qanday kuzatish mumkin (Traceability Matrix).

IT jamoasidagi rollar

O'rtacha IT loyihada 8-12 xil rol bor. Har biri loyiha hayot siklining ma'lum qismi uchun mas'ul. Keling har biri bilan tanishamiz.

PO
Product Owner
MAHSULOT EGASI
Mahsulot nima bo'lishi kerakligini aniqlaydi โ€” "nima" va "nega" savollariga javob beradi.
Kundalik vazifalari:
  • Backlog'ni boshqaradi โ€” qaysi vazifa muhim, qaysi keyinroq
  • Biznes talablarini jamoaga tushuntiradi
  • Mijoz/foydalanuvchi ovozini jamoaga yetkazadi
  • User Story'larni yozadi
  • Sprint Planning'da prioritetlarni belgilaydi
SM
Scrum Master
SCRUM MENTORI
Jamoaning samarali ishlashiga yordam beradi โ€” to'siqlarni olib tashlaydi va jarayonni nazorat qiladi.
Kundalik vazifalari:
  • Daily Standup'larni olib boradi
  • Jamoa uchun to'siqlarni hal qiladi
  • Retrospective'larda jarayonlarni yaxshilaydi
  • Scrum/Agile prinsiplarini himoya qiladi
  • Jamoani tashqi buzilishlardan himoya qiladi
BA
Business Analyst
BIZNES ANALITIK
Biznes va texnik jamoa orasidagi "tarjimon" โ€” biznes talablarini texnik talablarga aylantiradi.
Kundalik vazifalari:
  • Talablarni yig'adi va hujjatlashtiradi
  • User Story va Acceptance Criteria yozadi
  • Process diagrammalar chizadi
  • Stakeholder'lar bilan uchrashadi
  • Texnik va biznes tomonlarini birlashtiradi
UX
UI/UX Designer
DIZAYNER
Mahsulotni qanday ko'rinishi va qanday ishlashini loyihalaydi. Foydalanuvchi tajribasiga e'tibor beradi.
Kundalik vazifalari:
  • Figma yoki Sketch'da dizayn yaratadi
  • Wireframe'lar va prototiplar tuzadi
  • Foydalanuvchi tadqiqotlarini o'tkazadi
  • Design System'ni boshqaradi
  • Developer'lar bilan dizaynni muhokama qiladi
FE
Frontend Developer
FRONTEND DASTURCHI
Foydalanuvchi ko'radigan qismni yaratadi โ€” tugmalar, formalar, animatsiyalar.
Ishlatadigan texnologiyalar:
  • HTML, CSS, JavaScript
  • React, Vue, Angular (framework'lar)
  • Figma dizaynini kodga o'tkazadi
  • Browser'larda testlash
  • Responsive dizayn (mobil/desktop)
BE
Backend Developer
BACKEND DASTURCHI
Ko'rinmaydigan qismni yaratadi โ€” ma'lumotlar bazasi, API, mantiq, xavfsizlik.
Ishlatadigan texnologiyalar:
  • Python, Java, Node.js, PHP, C#
  • Database (PostgreSQL, MySQL, MongoDB)
  • REST API, GraphQL
  • Authentication, xavfsizlik
  • Server boshqaruvi (qisman)
QA
QA Engineer
TESTOR (SIZ!)
Mahsulot sifatini nazorat qiladi โ€” buglarni topadi, test case'lar yozadi, hisobot beradi.
Kundalik vazifalari:
  • Test case'lar yozadi va bajaradi
  • Bug'larni topadi va Jira'ga yozadi
  • Talablarni tekshiradi
  • Regression testing qiladi
  • Automation test yozadi (Middle/Senior)
DO
DevOps Engineer
DEVOPS MUHANDIS
Kodni server'ga yetkazadi โ€” dastur qanday ishga tushadi, qanday yangilanadi shu bilan shug'ullanadi.
Kundalik vazifalari:
  • CI/CD pipeline'larni sozlaydi
  • Test va production server'lar
  • Docker, Kubernetes
  • Monitoring va loglar
  • Release jarayonini avtomatlashtiradi
TL
Team Lead
JAMOA RAHBARI
Jamoaning texnik rahbari โ€” kod sifatini nazorat qiladi va jamoaning rivojlanishiga yordam beradi.
Kundalik vazifalari:
  • Code Review qiladi
  • Texnik qarorlar qabul qiladi
  • Jamoa a'zolarini o'qitadi
  • Arxitektura masalalari
  • Stakeholder'lar bilan muloqot
๐Ÿ’ก Hayotiy misol
IT jamoasi โ€” bu film ishlab chiqarish
Product Owner = Rejissyor (nima film olamiz?) ยท Scrum Master = Ijrochi prodyuser ยท Designer = Rassom ยท Developer = Aktyor va operator ยท QA = Montaj va sifat nazoratchi ยท DevOps = Kinoteatrga yetkazuvchi ยท Team Lead = Bosh operator.

Qo'shimcha rollar โ€” kamroq uchraydi, lekin bilish muhim

Quyidagi rollar bilan QA kundalik ishlamaydi, lekin intervyuda va yirik meetinglarda duch keladi. Qisqacha bilib qo'ying.

PM
Project Manager
LOYIHA MENEJERI
Loyihaning vaqti, byudjeti va resurslarini boshqaradi. Asosan Waterfall yoki traditional kompaniyalarda uchraydi.
Kundalik vazifalari:
  • Loyiha rejasini tuzish (Gantt chart)
  • Vaqt va byudjet nazorati
  • Stakeholder'lar bilan muloqot
  • Risklarni boshqarish
  • Hisobotlar tayyorlash (status reports)
โš ๏ธ Muhim: PO va PM farqi

Bu ikki rolni ko'pchilik aralashtirib yuboradi. Intervyuda albatta so'raladi. Farqni aniq biling:

Xususiyat Product Owner (PO) Project Manager (PM)
Asosiy savol "Nima yaratamiz?" "Qachon yakunlanadi?"
E'tibor Mahsulot va foydalanuvchi Vaqt, byudjet, resurslar
Metodologiya Agile/Scrum (zamonaviy) Waterfall (traditional)
Qaror qabul qilish Backlog prioriteti Loyiha reja bo'yicha
Kompaniya misoli Uzum, Click (startup) Davlat loyihalari, bank

Oddiy yodlash: PO = Mahsulot, PM = Loyiha. Ba'zida bitta odam ikkala rolni bajaradi (kichik kompaniyalarda).

CTO
Chief Technology Officer
BOSH TEXNIK RAHBAR
Kompaniyaning butun texnik strategiyasiga mas'ul. Junior QA u bilan kam uchrashadi โ€” odatda katta meetinglarda.
Asosiy vazifalari:
  • Texnik qarorlar (qaysi texnologiya, qaysi arxitektura)
  • Katta byudjet qarorlari
  • Texnik jamoa rahbarligi (100+ kishi bo'lishi mumkin)
  • Tashqi hamkorlik (partnerlar, vendorlar)
CEO
Chief Executive Officer
BOSH IJROCHI RAHBAR
Butun kompaniya rahbari. QA bilan deyarli bevosita ishlamaydi, lekin biznes strategiyasi orqali ta'sir qiladi.
Asosiy vazifalari:
  • Kompaniya strategiyasi va maqsadlari
  • Investorlar va rahbariyat bilan aloqa
  • Eng muhim qarorlar (yangi bozor, katta investitsiya)
  • Brend va kompaniya imidji
TS
Tech Support
TEXNIK YORDAM
Foydalanuvchilardan shikoyat va muammolarni qabul qiladi. QA uchun muhim โ€” buglarning 30-40%'i shu yo'l orqali keladi.
QA bilan aloqasi:
  • Foydalanuvchi muammolarini QA jamoasiga yuboradi
  • Bug reproduction qadamlarini aniqlashtiradi
  • Tuzatilgandan keyin mijozlarga xabar beradi
  • Umumiy muammolar statistikasini beradi (ko'p uchraydigan buglar)
Amaliy eslatma

Junior QA odatda PM va Tech Support bilan haftada bir necha bor ishlaydi. CTO va CEO bilan โ€” kvartalda bir marta yoki yirik meetinglarda. Lekin bu rollarni bilish โ€” professional QA belgisi.

๐ŸŽฏ Bog'lang

Rol va vazifani to'g'ri bog'lang

Chap tomondagi rolni bosing, keyin o'ng tomondan mos vazifani tanlang.

Rol

Product Owner
Scrum Master
Designer
Developer
QA Engineer
DevOps

Asosiy vazifa

Bug'larni topadi va test case yozadi
Nima yaratishni aniqlaydi, prioritet qo'yadi
Kodni server'ga yetkazadi, CI/CD sozlaydi
Figma'da mahsulotning ko'rinishini loyihalaydi
Jarayonni yaxshilaydi, to'siqlarni olib tashlaydi
Kod yozadi โ€” frontend yoki backend
0 / 6 juft topildi

QA karyerasi: Junior โ†’ Senior

QA ichida ham 3 ta asosiy daraja bor. Ularning vazifalari, maoshi va mas'uliyati farqlanadi. Bu sizning yo'l xaritangiz.

Junior QA
"Endi boshlayotgan testor"
0-1 yil tajriba
Yangi testor. Asosan tayyor test case'larni bajaradi, senior'lar yo'lida buglarni qayd etadi. O'rganish bosqichida.
Manual testing asoslari
Bug report yozish
Jira foydalanish
Test case bajarish
SDLC/STLC tushunish
Ingliz tili - asosiy
O'rtacha maosh (O'zbekistonda): 4-7 mln so'm/oy ยท Dunyoda: $500-1200/oy
Middle QA
"Mustaqil testor"
2-4 yil tajriba
Mustaqil ishlaydi. Test case'larni yozadi, test strategiyasini belgilaydi, Junior'larga yordam beradi. Automation'ga qadam tashlashi mumkin.
Test strategy yaratish
Test plan yozish
API testing (Postman)
Database testing (SQL)
Automation - asoslari
Junior'larga mentorlik
O'rtacha maosh (O'zbekistonda): 8-15 mln so'm/oy ยท Dunyoda: $1500-3000/oy
Senior QA / QA Lead
"Sifat bo'yicha ekspert"
5+ yil tajriba
Butun QA jamoasining rahbari. Test strategiyasini belgilaydi, metodologiyalarni tanlaydi, biznes bilan muloqot qiladi. Katta loyihalar bo'yicha mas'ul.
QA strategy yaratish
Automation framework'lar
Performance testing
Security testing asoslari
Jamoa boshqarish
Stakeholder muloqot
O'rtacha maosh (O'zbekistonda): 15-30 mln so'm/oy ยท Dunyoda: $3000-6000+/oy
Karyera maslahati

Junior'dan Middle'ga o'tish uchun odatda 2 yil kerak. Middle'dan Senior'ga โ€” yana 3 yil. Lekin bu tezlashish mumkin โ€” agar siz doimiy o'rganasiz, amaliyot qilasiz va portfolio yig'asiz.

โšก Tezkor tekshiruv
Siz bug topdingiz: login sahifasi umuman ochilmayapti. Birinchi navbatda kim bilan gaplashasiz?

Traceability Matrix

Asosiy atama

Traceability Matrix (Kuzatuv Matritsasi) โ€” talablar va test case'lar orasidagi bog'liqlikni ko'rsatadigan jadval.

Oddiy qilib: har bir talab kamida bitta test case bilan tekshirilganini isbotlaydigan hujjat. "Siz hamma talablarni test qildingizmi?" savoliga javob beradi.

Nega kerak?

Tasavvur qiling: sizning loyihangizda 100 ta talab va 200 ta test case bor. Endi savol โ€” har bir talab test qilindimi? Agar bitta talab test qilinmay qolsa โ€” bu katta muammo: production'ga bug chiqishi mumkin.

Traceability Matrix aynan shu muammoni hal qiladi โ€” hamma talab test qilinganini kafolatlaydi.

Traceability Matrix qanday ko'rinadi?

Talab ID Talab tavsifi Test Case ID Status
REQ-001 Foydalanuvchi email + parol bilan kirishi mumkin TC-001, TC-002 โœ“ Pass
REQ-002 Parol kamida 8 belgidan iborat bo'lishi kerak TC-003, TC-004 โœ— Fail
REQ-003 Email noto'g'ri bo'lsa, xato xabari chiqishi kerak TC-005 โœ“ Pass
REQ-004 "Parolni unutdim" funksiyasi ishlashi kerak TC-006, TC-007 โœ“ Pass
Nima foydali?

Bu jadvaldan bir qarashda ko'rinadi: REQ-002 fail bo'lgan โ€” parol uzunligi tekshiruvi ishlamayapti. Demak bu talab production'ga chiqishdan oldin tuzatilishi kerak. Traceability Matrix โ€” sifat nazorati uchun eng kuchli asboblardan biri.

Qanday tuziladi?

Middle va Senior QA lar bu matritsani tuzadi. Odatda:

  1. Talablar hujjatidan har bir talabga ID beriladi (REQ-001, REQ-002...)
  2. Test case'lar yoziladi va ularga ID beriladi (TC-001, TC-002...)
  3. Excel yoki TestRailda matritsa tuziladi
  4. Har sprint'da yangilanadi
๐ŸŽฏ Amaliy topshiriq

Traceability Matrix tuzing

Quyida talablar va test case'lar bor. Har talab uchun to'g'ri test case IDni sudrab qo'ying.

Talab Tavsif Test Case ID
REQ-101 Ro'yxatdan o'tish: email majburiy
TC qo'ying
REQ-102 Login: parol xato bo'lsa xato chiqsin
TC qo'ying
REQ-103 Savat: mahsulotni qo'shish
TC qo'ying
REQ-104 Checkout: to'lov ma'lumotlari
TC qo'ying
TC-301: Savat toldirish testi
TC-201: Bosh email ro'yxat
TC-401: Karta ma'lumotlari
TC-205: Notugri parol xato
0 / 4 to'g'ri
๐ŸŽฌ Haqiqiy stsenariy
Bug topdingiz โ€” kim bilan gaplashasiz?

Payshanba, 15:30. Siz Click.uz'da ishlayapsiz. Bosh sahifada yangi to'lov funksiyasini test qilayotibsiz.

Bug: Foydalanuvchi kartani kiritadi, "To'lash" tugmasini bosadi โ€” 5 soniya yuklash, keyin xato chiqadi: "Tizim xatosi, qayta urinib ko'ring". Bu xato faqat chorak million so'mdan yuqori summalarda chiqadi.

Savol: Kim bilan birinchi gaplashasiz va nima qilasiz?

Eng professional harakat qaysi?

TestShop uchun Traceability yarating

Endi o'zingiz Traceability Matrix tuzing. TestShop sahifalari uchun talablar va test case'lar bog'liqligini ko'rsatadigan hujjat tuzing.

๐Ÿ›’

TestShop โ€” Traceability amaliyoti

Login sahifasi uchun to'liq Traceability Matrix tuzing โ€” intervyu portfoliyasiga qo'yish mumkin.

๐Ÿš€ TestShop Login sahifasi

Sizning vazifangiz: 3 bosqich

1
Login sahifasining talablarini aniqlang
Masalan: REQ-01 "Email va parol kiritish", REQ-02 "Bo'sh maydonlar qabul qilinmasligi", REQ-03 "Xato parolga xato xabari chiqishi", va hokazo. Kamida 5 ta talab yozing.
2
Har talab uchun test case'lar yozing
4-darsda o'rganingiz test case formatini ishlating: TC-001, TC-002... Har talab uchun kamida 1 ta test case. Jami 5-10 ta test case bo'ladi.
3
Google Sheets'da Traceability Matrix tuzing
Ustunlar: Req ID | Req tavsif | TC ID | TC tavsif | Status. TestShop'ni brauzerda ochib, har test case'ni bajaring va Pass/Fail belgilang.
๐Ÿ’ก Portfolio uchun

Tuzilgan Traceability Matrix'ingizni Google Sheets linki bilan saqlang. Bu sizning CV/portfolio'ingizning muhim qismi bo'ladi. Intervyuda "Men bunday loyiha ustida ishlaganman" deb ko'rsata olasiz. Bu Junior darajadagi ko'p nomzodlarda yo'q bo'lgan katta afzallik.

Intervyu savollari

Rollar va jamoa haqidagi savollar intervyuda albatta so'raladi. Javoblarni puxta tayyorlang.

๐Ÿ’ก Har savol ustiga bosing โ€” professional javobni ko'rasiz.

Q1 Product Owner va Scrum Master farqi nima? +

Javob:

  • Product Owner โ€” "NIMA qilamiz?" savoliga javob beradi. Backlog'ni boshqaradi, biznes talablarni jamoaga yetkazadi, prioritetlarni belgilaydi.
  • Scrum Master โ€” "QANDAY qilamiz?" savoliga javob beradi. Jarayonni samarali qiladi, to'siqlarni olib tashlaydi, Scrum amaliyotlarini himoya qiladi.

Muhim: "Product Owner mahsulotga mas'ul, Scrum Master esa jarayonga mas'ul. Ular bir-birini to'ldiradi."

Q2 Product Owner va Project Manager farqi nima? +

Javob: "Bu ikki rol tez-tez aralashtirib yuboriladi, lekin ular har xil savollarga javob beradi:"

  • Product Owner (PO) โ€” "NIMA yaratamiz?" savoliga javob beradi. Mahsulot va foydalanuvchiga e'tibor. Agile/Scrum metodologiyasida ishlaydi.
  • Project Manager (PM) โ€” "QACHON yakunlanadi?" savoliga javob beradi. Vaqt, byudjet, resurslarga e'tibor. Ko'pincha Waterfall metodologiyasida.

Oddiy yodlash: PO = Mahsulot, PM = Loyiha.

Kompaniya misollari:

  • Uzum, Click (startup, Agile) โ€” odatda faqat PO bor
  • Bank, davlat loyihalari (Waterfall) โ€” odatda faqat PM bor
  • Katta korxonalar โ€” ikkalasi ham bo'lishi mumkin

Muhim: "Kichik kompaniyalarda bitta odam ikkala rolni bajarishi mumkin."

Q3 QA Engineer kim bilan eng ko'p muloqot qiladi? +

Javob: "QA Engineer eng ko'p Developerlar bilan muloqot qiladi โ€” buglarni ko'rsatadi, tuzatilganini tekshiradi."

Ikkinchi o'rinda:

  • Product Owner โ€” talablarni aniqlashtirish uchun
  • Business Analyst โ€” Acceptance Criteria muhokama qilish
  • Scrum Master โ€” to'siqlarni hal qilish
  • DevOps โ€” test muhiti va deployment uchun
  • Boshqa QA'lar โ€” test strategiya va bilim almashish
Q4 Traceability Matrix nima va nima uchun kerak? +

Javob: "Traceability Matrix โ€” talablar va test case'lar orasidagi bog'liqlikni ko'rsatadigan jadval."

Nima uchun kerak?

  • Coverage ni tekshirish โ€” har talab test qilinganmi?
  • Gap'larni aniqlash โ€” qaysi talab test qilinmagan?
  • Impact analysis โ€” talab o'zgarsa, qaysi test case'lar o'zgaradi?
  • Hisobot โ€” stakeholder'larga progress ko'rsatish

Misol: "Agar loyihada 100 ta talab bo'lsa va matritsa 95% coverage ko'rsatsa โ€” 5 ta talab test qilinmagan degani. Uni tezda tuzatish kerak."

Q5 Junior QA va Middle QA orasidagi farq? +

Javob:

  • Junior QA โ€” tayyor test case'larni bajaradi, bug qayd etadi, ko'rsatmalar bilan ishlaydi
  • Middle QA โ€” test strategiyani o'zi ishlab chiqadi, test case'lar yozadi, mustaqil qarorlar qabul qiladi, API/DB testing qila oladi

Asosiy farq: "Mustaqillik darajasi. Junior ko'rsatma kutadi, Middle esa o'z boshiga fikrlay oladi va bashqalariga yo'l ko'rsata oladi."

Pro javob: "Junior'dan Middle'ga o'tish uchun men API testing (Postman), SQL, automation asoslari va test strategiya yaratishni o'rganishim kerak."

Q6 DevOps kim va QA bilan aloqasi qanday? +

Javob: "DevOps โ€” kodni serverga yetkazuvchi muhandis. U CI/CD pipeline'lar, Docker, monitoring bilan shug'ullanadi."

QA bilan aloqasi:

  • Test muhiti โ€” DevOps dev, test, staging server'larni yaratadi
  • Deployment โ€” QA Pass bergandan so'ng DevOps production'ga chiqaradi
  • Automation โ€” QA avtomatlashtirgan testlarni DevOps CI/CD'ga integratsiya qiladi
  • Monitoring โ€” production'da muammo bo'lsa, DevOps loglar berib QA'ga yordam beradi
Q7 Siz kelajak 3 yilda qayerda ko'rasiz o'zingizni? +

Javob shabloni: "Men 3 yilda Middle QA darajasiga yetib, automation testing bilan shug'ullanishni rejalashtiryapman."

Qadamlar:

  • Yil 1: Junior โ€” manual testing asoslarini mustahkamlash
  • Yil 2: API testing (Postman), SQL, test strategy yaratish
  • Yil 3: Middle QA โ€” automation asoslari (Selenium/Playwright)

Maslahat: Aniq, realistik reja ko'rsating. "Men 1 yilda Senior bo'laman" โ€” noto'g'ri javob. "Men 5 yilda Senior/Lead bo'lishni xohlayman" โ€” to'g'ri va halol javob.

Q8 Agar Developer sizning bugingizni "Won't Fix" deb yopsa, nima qilasiz? +

Javob: "Men darhol uning bilan janjal qilmayman. Balki uning aniq sababi bor."

Qadamlar:

  • 1. Developer'dan sabab so'rayman (Jira'da comment orqali)
  • 2. Agar sababdan rozi bo'lmasam โ€” Product Owner'ga escalate qilaman
  • 3. PO va Developer bilan uchrashib, biznes tomonidan muhokama qilamiz
  • 4. Qaror qabul qilinadi โ€” Fix bo'ladi yoki haqiqatan "Won't Fix"da qoladi

Muhim: "QA Developer bilan raqib emas โ€” biz hamkorlar. Hurmat bilan, dalillar bilan gaplashamiz."

3 ta asosiy fikr

Bu darsdan eslab qolishingiz kerak bo'lgan eng muhim g'oyalar

01
Testor yolg'iz emas
QA 8-10 xil rol bilan muloqotda bo'ladi. Har birining tili va talabini bilish muhim.
02
Karyera yo'li aniq
Junior โ†’ Middle โ†’ Senior. Har bosqich uchun aniq skill'lar talab qilinadi.
03
Traceability โ€” sifat kafolati
Har talab test qilingani to'g'risidagi hujjat. Middle+ QA darajasidagi asosiy ko'nikma.
๐Ÿ† Darsni muvaffaqiyatli tugatdingiz!