QA Academy / Real keyslar / Bug Bounty
Daromad imkoniyati Security Testing Keys #3

Bug topib bersang
pul beraman — Bug Bounty

Uyda o'tirib, biror kompaniyaning ilovasini test qilasiz, bug topib xabar bersangiz — kompaniya sizga minglab dollar to'laydi. Bu xayol emas, bu Bug Bounty.

Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp)

Meta o'zining rasmiy bug bounty dasturiga ega: bugbounty.meta.com

$28M+
Jami to'langan mukofotlar (barcha vaqt uchun)
$2.1M
Faqat 2026 yilda to'langan
$300,000
Eng katta mukofot — WhatsApp'dagi bitta bug uchun

Ular qanday qilib topdi?

1

Nieko "Specters" Rivera — uysizdan millionergacha

Nieko Rivera hech qanday diplom va uysiz DEFCON konferensiyasida Bugcrowd vakillari e'tiborini tortdi. Bugun Bug Bounty daromadi bilan uy sotib olmoqda va Hispanic hamjamiyatidagi yoshlarga yo'l ko'rsatmoqda.

Manba: Dark Reading
2

Tesla Model 3 — mashinani hacklab mukofot oldi

2020 yilda bir tadqiqotchi Tesla Model 3 ga kirib, kritik funksiyalarga ruxsatsiz kirish imkoniyatini topdi. Tesla tezda muammoni tuzatdi.

$15,000 mukofot
Manba: Medium
3

Argentinalik 19 yoshli yigit — HackerOne millioneri

HackerOne platformasining eng so'nggi millioner xakerlari ro'yxatida Argentinadan 19 yoshli yigit bor. Yosh, hech qanday rasmiy ta'lim yo'q — faqat qiziqish va amaliyot.

Manba: Dark Reading
4

gzobqq — Google tarixidagi rekord

"gzobqq" taxallus bilan tanilgan xaker Android tizimida 5 ta zaiflikni birlashtirgan exploit chain topdi. Qizig'i — xuddi shu odam 2021 yilda ham Android'da kritik zaiflik topib, o'sha paytdagi rekordni o'rnatgan edi.

$605,000 — Google tarixidagi eng katta bug bounty
2021 yilda ham: $157,000 (o'sha paytdagi rekord)
5

Khalil Shreateh — Zuckerberg'ning sahifasiga post yozdi

2013 yil. Falastin dasturchi Facebook da jiddiy zaiflik topdi — ixtiyoriy foydalanuvchining sahifasiga do'st bo'lmasa ham post yozish mumkin edi. U bir necha marta Facebook jamoasiga xabar berdi. Javob: "Bu bug emas".

Oxirida u to'g'ridan-to'g'ri Zuckerberg'ning sahifasiga post yozdi: "Kechirasiz, boshqa ilojim yo'q edi..." Facebook darhol murojaat qildi. Bug haqiqiy ekani isbotlandi.

❌ Facebook — qoidani buzgani uchun hech narsa bermadi
✅ Security hamjamiyati unga $10,000+ yig'ib berdi
Sabab: hamjamiyat buni adolatsizlik deb hisobladi

Asosiy platformalar

Rasmiy bug bounty dasturlari va platformalari:

Nimaga e'tibor berish kerak?

Har qanday input, har qanday so'rov — potentsial zaiflik bo'lishi mumkin.

Asosiy xulosa

Bug Bounty — bu QA bilimlarini real pul topishga aylantirish imkoniyati. Diplom shart emas. Yosh muhim emas. Asosiysi — qiziqish, tizimli fikrlash va qoidalarga rioya qilish. Har bir kompaniya dasturining qoidalarini diqqat bilan o'qib, faqat ruxsat etilgan doirada test qiling.